Shomurodov Osiyoning eng qimmat futbolchilari reytingidan o‘rin oldi

Germaniyaning Transfermarkt portali Osiyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildideb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Unga ko‘ra, «Tottenhem» klubi va Janubiya Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Hyon Min yaqqol ustunlik bilan peshqadamlik qilmoqda. 27 yoshli chap qanot vingerining narxi 64 million yevroga teng.

Ikkinchi o‘rindan «Portu»ning yaponiyalik hujumchisi Shoya Nakajima (16 million yevro) o‘rin olgan bo‘lsa, Eron terma jamoasi va «Zenit» klubi forvardi Sardor Azmun (14,5) kuchli uchlikka yakun yasagan.

Реклама на Unews

Top-10 dan jami besh nafar yaponiyalik, uch nafar koreyalik, bir nafardan fors va xitoylik futbolchi o‘rin oldi.

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi Eldor Shomurodov ro‘yxatning 18-pog‘onasidan joy olgan. «Rostov» hujumchisi 5,2 million yevroga baholangan.

Eng qimmat osiyolik futbolchi o‘nligi bilan tanishing:

Реклама на Unews

1. Son Hyon Min («Tottenhem», Janubiy Koreya) — 64 million yevro

2. Shoya Nakajima («Portu», Yaponiya) — 16

3. Sardor Azmun («Zenit», Eron) — 14,5

4. Takefusa Kubo («Malyorka»/«Real», Yaponiya) — 13,5

5. Li Kan In («Valensiya», Janubiy Koreya) — 13,5

6. Takehiro Tomiyasu («Bolonya», Yaponiya) — 13,5

7. Hvan Hi Chan («Zalsburg», Janubiy Koreya) — 10

8. Takumi Minamino («Liverpul», Yaponiya) — 10

9. Daichi Kamada («Ayntraxt», Yaponiya) — 8

10. Vu Ley («Espanyol», Xitoy) — 8.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring