Shifokor ko‘rikka kelgan nogironning pulini o‘g‘irladi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi, 2-guruh nogironligi bo‘lgan 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.Sh. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs  bank kartasida mavjud bo‘lgan jami 5.040.000 so‘m pullarini yechib olganligini bildirgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro Q.Sh.ning bank kartasidan pullarni yechib olgan shaxs Dehqonobod tumanida yashovchi, oilaviy shifokorlik punkti feldsheri 1993 y.t. V.E. ekanligi aniqlangan.

U mazkur jinoyatni  fuqaro Q.Sh. oilaviy shifokorlik punktiga shifokor ko‘rigiga kelgan vaqtda, uning mobil telefonidan bank kartasi ma’lumotlarini va SMS-kodni qo‘lga kiritib, «CLICK Evolution» mobil ilovasi orqali pullarni o‘zlashtirgan.

Реклама на Unews

V.E.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring