SHHTga a’zo davlatlar soni yana bittaga ortdi

Bugun, 17 sentyabr kuni Dushanbeda o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti ishtirokchilari Eronni ushbu tashkilotga to‘liq a’zo sifatida qabul qildi. Bu haqda eronlik jurnalist Abbas Aslaniy xabar berdi.

“Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotida teng huquqli a’zo sifatida ishtirok etishi Dushanbe sammitida rahbarlar tomonidan ma’qullandi”, deya yozdi Aslaniy Twitter sahifasida.

Eron Tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari Husayn Amir Abdullohiyan SHHTga a’zolik mamlakatning xalqaro va xususan, mintaqaviy aloqalariga “sezilarli ta’sir” ko‘rsatishini aytgan.

Реклама на Unews

“Ushbu strategik a’zolik Eronning qo‘shnilari bilan har tomonlama hamkorlik jarayoniga va Osiyoga yo‘naltirilgan siyosatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi”, deydi Abdullohiyan.

Qayd etish kerakki, shu tariqa Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar soni 9 taga yetdi. Bular: Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Hindiston, Pokiston va endilikda Eron. Shu vaqtga qadar, Eron ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomini egallab turgandi. 

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda SHHTning Toshkentda bo‘lib o‘tgan sammitida Hindiston va Pokiston tashkilot a’zosiga aylangandi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring