SHHT sammiti: Samarqanddagi internet tezligi xorijiy OAV xodimlarini ham hayratga soldi

Bugun Samarqandda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti o‘z yakuniga yetdi.

Sammit jarayonlari mahalliy va xorijiy OAV xodimlari tomonidan uzluksiz yoritib borildi. Shu o‘rinda tadbirning yuqori saviyada o‘tishi, ommaviy axborot vositlarida keng yoritilishida mobil aloqa, internet sifatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirilganini alohida ta’kidlash joiz. Matbuot markazlaridagi internet tezligi hatto xorijiy jurnalistlarning ham hayratiga sabab bo‘lgani bor gap.

Ma’lumot uchun, turli mamlakatlardan 600 dan ziyod jurnalistlar mazkur muhim tadbirni yoritish maqsadida Samarqandga tashrif buyurishdi. Bu esa albatta axborot texnologiyalari, internetning uzluksizligi, sifatli ishlashi naqadar muhim ekanligini anglatardi.

Реклама на Unews

“O‘zkomnazorat” Davlat inspeksiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasi va boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan "Ipak yo‘li" Xalqaro turizm markazi, mehmonxonalar hamda Yoshlar markazi binosida tadbirlarni yoritib borayotgan xorijiy va mahalliy OAV, jurnalist va blogerlar uzliksiz internet va telekommunikasiya xizmatlari bilan ta’minlab berildi.

Xullas, bu galgi SHHT sammiti nafaqat har tomonlama ancha yuqori darajada o‘tdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring