Shevchenko Habibning ring qizlari haqidagi fikriga javob qaytardi

Yengil vazn toifasida ayollar o‘rtasida UFC chempioni Valentina Shevchenko UFC-266 musobaqasidan o‘rin olgan MyorfiTeylorga qarshi jangda g‘alaba qozonganidan so‘ng, Habib Nurmagomedovning “Ring-girls” haqidagi so‘zlariga o‘z munosabatini bildirdi.

“Chiroyli odamlar – har qanday tadbirning bezagidir. Buni insonlar bilib qo‘yishlarini istardim. Ularni befoyda deyishga xech kimning haqqi yo‘q. Ular bo‘lishi kerak bo‘lgan joydadir. Boshidanoq ular shu yerda, menimcha, oxirigacha ular bu yerda bo‘lishsa kerak”, deydi Shevchenko.

Eslatib o‘tamiz, Habib avvalroq “Ring-girls”ni “Yakkakurashlardagi eng foydasiz shaxslar”, deb atagan edi.

Реклама на Unews

Shuningdek, “Ring-girls” tashkiloti boshlig‘i Daria Shovkovlyaps ham Nurmuhamedovning bu fikriga qo‘shilmasligini, ko‘pchilik muxlislar ham bunga qarshi ekanini alohida takidlagan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring