Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri va xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning Kumamoto va Kagosima prefekturalarida ro‘y bergan tabiiy ofat tufayli ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi deb yozmoqda  "Sof.uz" nashri.

Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Yaponiyada 145 ming kishi evakuatsiya qilinadi

Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga samimiy ta’ziya izhor qilib, jarohat olganlarning tez fursatda shifo topishini tiladi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi kuchli yog‘ingarchilik tufayli, Kumamoto prefekturasida 100 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi.

Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Yaponiyada 52 kishi halok bo‘ldi

Kagosima va Kumamoto prefekturalarida yomg‘ir tufayli eng yuqori darajadagi, beshinchi darajadagi xavf e’lon qilindi. Ushbu daraja mahalliy aholi uchun «Hayotingizni asrang!» degan ma’noni anglatadi. Metrologiya xizmatining ogohlantirishicha, yomg‘ir shu darajada kuchli bo‘ladiki, mahalliy aholi hayoti davomida bunaqasini ko‘rmagan.

Реклама на Unews

Hozirgacha, kuchli yog‘ingarchilik tufayli mamlakatda 52 kishi halok bo‘ldi, ikki kishi og‘ir ahvolda, 12 kishi esa bedarak yo‘qoldi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring