BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Davlatimiz rahbari videoselektor yig‘ilishi Tibbiyot xodimlari kuni arafasida o‘tkazilayotganini ta’kidlab, sohaning barcha vakillarini bayram bilan tabrikladi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

– Bugungi davr talabi shundayki, bayram kunlari, tantanali ayyomlarda ham, hayotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan turli muammolar haqida o‘ylashimiz, ularning samarali yechimlarini topishimiz zarur. Barcha sohalar qatori tibbiyot tizimi oldida ham g‘oyat murakkab vazifalar yuzaga kelmoqda. Inson salomatligi uchun o‘zini mas’ul va javobgar deb hisoblaydigan har bir tibbiyot xodimi bilim va malakasini doimiy oshirib borishi, yangi texnologiyalar va davolash usullarini har tomonlama puxta egallashi eng o‘tkir masalaga, hayotiy zaruratga aylanmoqda. Aminmanki, Abu Ali ibn Sinodek buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari, O‘zbekiston tibbiyot maktabi an’analarining davomchilari bo‘lgan siz, azizlar, o‘z faoliyatingizni ana shunday yuksak mezonlar asosida tashkil etib, olijanob burchingizni bundan buyon ham sharaf bilan ado etasizlar, – dedi Prezident.

Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, soha xodimlarining mehnatini munosib qadrlash, malakali kadrlar tayyorlash, xorijiy tibbiyot markazlari va oliygohlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalari davlatimizning doimiy e’tiborida bo‘lishi ta’kidlandi.

Pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab bu kurashga 100 mingdan ziyod tibbiyot xodimlari safarbar etilgani, ular o‘zlarini ayamasdan, jonlarini garovga qo‘yib, haqiqiy qahramonlik ko‘rsatayotgani e’tirof etildi. 

– Ishonaman, jonkuyar shifokorlarimiz bugungi belgilangan vazifalarni ham fidoyilik va matonat bilan, bor bilim va tajribalarini ishga solib, albatta uddalaydilar. Eng katta boylik bo‘lgan xalqimiz salomatligini saqlashda haqiqatda jonbozlik ko‘rsatadilar, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring