Shavkat Mirziyoyev: "Sizlar buni bilmaysizlar, ilohim, bilmanglar ham"

Prezident 15 yanvar kuni Toshkent shahri tumanlarining sektor rahbarlari va faollar bilan muloqot qildi. Yunusobod tumanini rivojlantirish dasturlari muhokama qilindi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Kun.uzning xabar berishicha, Yunusobod tumanini 2021–2022 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan.

Sanoat va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish yo‘nalishida umumiy qiymati 14,4 trillion so‘mlik 141ta yirik va o‘rta investisiya loyihasi shakllantirilgan.

Реклама на Unews

Shavkat Mirziyoyev poytaxtning bu tumanida hali katta imkoniyatlar borligini bildirdi.

«Agar mendan Yunusobod tumani o‘z imkoniyatidan to‘liq foydalanyaptimi, deb so‘rasangiz, davlat rahbari sifatida «yo‘q» deb javob beraman. Bu tumanning yalpi ichki mahsulotini ikki karra oshirishimiz kerak. Buning uchun barcha imkoniyatlar bor.

2020 yilda 450 mlrd so‘m tushum qilingan, 2021 yilda 721 mlrd so‘m rejalashtirilibdi. Lekin men sizlarni ishontirib aytamanki, Yunusobod tumani bemalol 1 trln.lik marrani zabt eta oladi.

Реклама на Unews

Ana shunda biz bemalol barcha muammolarni hal qila olamiz. Chunki iqtisodiy masalalarni hal qilgandan keyingina ijtimoiy muammolarni yechishga imkon bo‘ladi.

Vaqt shiddat bilan o‘tib ketyapti. Kechagina yangi yilni nishonlagandik, bugun 15 yanvar. Yaqinda Navro‘z bayramini nishonlaymiz, keyin Mustaqillik bayrami keladi. Birpasda yil tugab qoladi. Biz o‘z oldimizga qo‘ygan masalalarni yecha olishga ulgurishimiz kerak.

Mana, 15 kun o‘tib ham na qor, na yomg‘ir yog‘di. Ko‘pchilik Toshkent shahrida ishlab qiyinchilikdan noliydi. Men qurg‘oqchilikdan xavotirlanib, har kuni viloyatlar bilan gaplashib turibman. Mana, qanday muammolar bor? Sizlar buni bilmaysizlar, ilohim bilmanglar ham», – dedi davlat rahbari yig‘ilganlarga qarata.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring