Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan gaplashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani, tovar ayirboshlash ortayotgani va kooperatsiya aloqalari kuchayib borayotgani, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Реклама на Unews

Amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan savdo va logistika, mashinasozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, kimyo va farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sohalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidenti tomonidan mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring