Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Bugun kunning ikkinchi yarmida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Ertaga, 24 iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, 9 may kuni ikkinchi jahon urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan Moskvadagi G‘alaba paradi koronavirus pandemiyasi sabab qoldirildi. Shu sabab parad 24 iyun kuni o‘tkazilish belgilandi.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, O‘zbekiston, Serbiya Prezidentlari hamda qisman tan olingan Abxaziya, Janubiy Osetiya rahbarlari ham G‘alaba paradida ishtirok etadi.

Ammo Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatidagi epidemiologik vaziyat tufayli Moskvada o‘tadigan G‘alaba paradiga bora olmasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham Moskvaga bora olmasligini bildirdi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring