Shavkat Mirziyoyev BMT sessiyasida nutq so‘zlaydi

Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun prezident huzurida qator ob’ektlar qurilishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tadi. Yangi onkologiya markazi, Milliy kutubxona va "Yangi O‘zbekiston" universiteti binolari loyihalari shular jumlasidan.

Ertaga Shavkat Mirziyoyev videoaloqa orqali BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilishida ishtirok etadi. Prezident sessiyaning birinchi kunida umumsiyosiy munozaralarda nutq so‘zlaydi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring