Shavkat Mirziyoev Saudiya Arabistoni podshohining taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 17 avgust kuni tongda davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi.

Tashrifning birinchi manzili sifatida barcha musulmonlar uchun muqaddas Madina shahri ziyorat qilinadi.

 

Kunning ikkinchi yarmida davlatimiz rahbari Jidda shahriga keladi. Bu erda oliy darajadagi O`zbekiston-Saudiya sammitining rasmiy tadbirlari bo`lib o`tadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring