Shavkat Mirziyoev O`zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat ko`rsatdi (foto)
685 30-01-2023 0 O'zimizda30 yanvar, Toshkent shahri. An`anadagidek, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasiga keng jamoatchilik yig`ildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev bu erga tashrif buyurib, Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo`ydi.
Oliy Majlis palatalari, Prezident Administrasiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar ham Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat ko`rsatdi.
Реклама на Unews
El fidoyilarini unutmaslik, yaxshi ishlarini eslash va qadrlash millatning millatligini ko`rsatadigan jihat. Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat, ham fazilatdir.
Marosimda ana shunday ehtirom namoyon bo`ldi. Qur`on oyatlari o`qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz manfaati yo`lidagi tarixiy ishlari, olijanob xislatlari yodga olindi.
Davlatimiz rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Реклама на Unews
Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo`yildi.
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.