Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Prezidenti sifatida ikkinchi marotaba qachon qasamyod qilishi ma`lum bo`ldi
1785 05-11-2021 0 O'zimizdaPrezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoevning inaugurasiya marosimi 6 noyabr kuni bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Ma`lum qilishicha, inaugurasiya Toshkentda Qonunchilik palatasi va Senatning qo`shma majlisida bo`lib o`tadi.
Xabarda aytilishicha, saylangan prezident bir vaqtning o`zida qo`lini Konstitusiya va Qur`onga qo`yib qasamyod qilishi kerak bo`ladi. Qasamyod qabul qilganidan so`ng Prezidentga 2021 yil oktyabr oyida ta`sis etilgan prezidentlik hokimiyatining o`ziga xos belgilari – ko`krak nishoni va bayrog`i ham topshiriladi.
Реклама на Unews
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.