Shavkat Mirziyoev MDHning 30 yilligiga bag`ishlangan majlisda ishtirok etdi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 15 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o`tgan yubiley majlisida ishtirok etdi.

 Kun tartibiga muvofiq delegasiyalar rahbarlari tashkilot faoliyatining 30 yillik davrida ko`p tomonlama hamkorlikning rivojlanishi va erishilgan yutuqlar yuzasidan fikr almashdilar, deya xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi.

 Unga asosan, yig`ilishda mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko`rib chiqilgan.

Реклама на Unews

 O`zbekiston rahbari o`z nutqida MDH doirasidagi sheriklikni mustahkamlashning muhim yo`nalishlari yuzasidan nuqtai-nazarini bayon qilgan. Hamdo`stlik mamlakatlarida barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta`minlash muhim ekani alohida ta`kidlangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring