Shavkat Mirziyoev 2023 yil nomini e'lon qildi.

2023 yil - «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qilindi

Prezident parlamentga murojaatnomasida ta’lim masalasiga alohida urg‘u qaratmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 2023 yilni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilishni taklif etdi. Taklif yig‘ilganlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

«Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz,  ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, sifatni oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak.

Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz ko‘targan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz.

Реклама на Unews

Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol bo‘lishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini so‘rayman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring