Shahrisabzlik erkak mashinasida 3 farzandi va xotinini o`ziga qo`shib yoqib yubordi. Ularning barchasi halok bo`ldi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yashovchi erkak shaxsiy avtomobilida o`ziga qo`shib uch nafar farzandi va turmush o`rtog`ini yoqib yubordi. Oilaning barcha a`zosi kuyish oqibatida vafot etdi. Bu haqda «Daryo» yozdi,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Ma`lum bo`lishicha, voqea 2020 yilning 30 iyul kuni tungi 22:00 da Shahrisabz tumanida sodir bo`lgan.

Ushbu xabarni tasdiqlagan Shahrisabz shahar IIB boshlig`i Shuhrat Choriev oila shaharning «Guliston» mahallasida yashaganligini tasdiqladi.

Реклама на Unews

«Ammo voqea Shahrisabz tumanida sodir bo`lgani uchun, ishni tuman IIB va prokuraturasi o`rganmoqda», — dedi Shuhrat Choriev.

 Shahrisabz tuman IIB boshlig`i Olim Tojievning ma`lumot berishicha, oila boshlig`i shaxsiy avtomobilida ketayotgan paytda turmush o`rtog`i bilan tortishib qoladi va avtomobil eshiklarini yopib, uch nafar farzandi, turmush o`rtog`i va o`ziga benzin sepib, yoqib yuboradi.

«Oila boshlig`i N.S. xotini bilan tortishib qolib, o`zi va turmush o`rtog`ini hamda uch nafar farzandini yoqib yuborgan. Butun boshli oilaga oila boshlig`ining o`zi o`t qo`yganini shifoxonaga olib kelingan o`g`li hushiga kelganda aytib berdi. Oila azaldan notinch bo`lgan ekan. Bu haqda shahar IIB dan ma`lumot olsangiz bo`ladi», — dedi Olim Tojiev.

Реклама на Unews

«Guliston» mahalla fuqarolar yig`ini raisi Husan Omonovning ma`lumot berishicha, oila haqiqatan ham notinch oila sifatida ro`yxatda turgan.

Olim Tojievning qo`shimcha qilishicha, mazkur holat bo`yicha Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, ayni kunda tergov-surishtiruv ishlari ketmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring