Shahrisabzda bank xodimlari pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qildi

Shahrisabz tumanida pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qilgan bank xodimlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qilmoqda. 

 

Ma`lum qilinishicha, Departamentning Shahrisabz tuman bo`limi tomonidan AT “Xalq bank” Shahrisabz filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialining 4-sonli sayyor kassa buxgalter nazoratchisi S.I. va kassiri N.R.lar o`zaro til biriktirib, tumandagi 150 nafar fuqarolarga joriy yilning mart, aprel va may oylari uchun ajratilgan 100,5 mln so`m pensiya va nafaqa pullarini fuqarolarga berilishini ta`minlamasdan, o`zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab  talon-toroj qilganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida etkazilgan zararning to`liq qoplanishi ta`minlangan.

 
 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Bank xodimlari pensiya va nafaqa pullarini fuqarolarga berilishini ta`minlamasdan, o`zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab  yuborgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring