Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jang sanasi va raqibi maʼlum boʻldi

WBA International chempionlik kamari uchun kechadigan jang AQShning Oklaxoma shtatida boʻlib oʻtadi. Shahramga raqib sifatida meksikalik Frantsisko Roxo ringga koʻtariladi. Bu haqida "Sputnik.uz" nashri xabar bermoqda.

 Rio-2016 Olimpiadasining kumush medal sovrindori, professional boksda magʻlubiyatsiz odimlayotgan oʻzbekistonlik bokschi Shahram Gʻiyosov navbatdagi jangini 15 avgust kuni oʻtkazadi.

Реклама на Unews

Jang AQShning Oklaxoma shtati Talsa shahrida boʻlib oʻtadi. Shahram Gʻiyosovga ushbu jangda meksikalik Frantsisko Roxo raqiblik qiladi. Jang WBA International chempionlik kamari uchun kechadi.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilda Shahram Gʻiyosov kolumbiyalik bokschi Darley Peresni 30 soniyada magʻlub qilib,  WBA xalqaro chempioni unvonini qoʻlga kiritgan edi.

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring