BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Sergelida koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar sharafiga ulkan grafiti chizildi

Zamonamiz qahramonlari — koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar sharafiga ulkan tasviriy san’at asari (mural) yaratildi.

Asar Yangi Sergeli va Lutfkor ko‘chalari kesishmasida paydo bo‘ldi.

— Ushbu joy tasodifan tanlanmagan, ko‘p qavatli uydan uzoq bo‘lmagan masofada koronavirusga chalingan bemorlarni taqsimlash markazi mavjud. Ko‘pgina shifokorlar ikki oy yoki undan ortiq muddat davomida uyda emaslar va biz ushbu ijodiy mujda orqali ularga minnatdorlik bildirmoqchimiz», — deydi «Ziyo Forum» jamg‘armasi direktori va loyiha rahbari Bobur Farmonov.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi nima uchun go‘sht narxi oshganini e’lon qildi Sentyabr oyida go‘sht mahsulotlarining narxida o‘sish kuzatildi. Go‘sht narxining o‘zgarishiga yem-xashak bazasining mavsumiy kamayishi, Qozog‘istondan qoramol importining qisqarishi, avgust oyida go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishi sabab bo‘lgan, deb yozmoqda "review.uz" nashri. Sentyabr oyida go‘sht mahsulotlarining narxi 3,8 foizga o‘sdi. Jumladan, qo‘y go‘shti 5,7 foizga, mol go‘shti 5,0 — 5,4 foiz oralig‘ida, qiyma 4,2 foizga, kolbasa mahsulotlari 1,8 — 1,9 foiz oralig‘ida, baliq va baliq konservalari o‘rtacha 1 foizga, parranda go‘shti va go‘sht mahsulotlari 0,3 foizga qimmatlashdi. Go‘sht narxining keskin o‘sishiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi izoh berdi. Vazirlik go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxining o‘sishiga uchta omil olib kelganini aytib o‘tdi. Birinchidan, yem-xashak bazasi uchun xomashyo, hususan, paxta xomashyosi, po‘stloq va yem aralashmasi zaxiralarining mavsumiy kamayishi. Bu o‘z navbatida, mazkur mahsulotlarning birja narxlarining mos ravishda 17, 21 va 27 foizga oshishiga olib keldi. Ikkinchidan, Qozog‘iston tomonidan eksport cheklovlari tufayli qoramol importining qisqarishi. Masalan, 2020 yilning 8 oyi natijasiga ko‘ra, mamlakatga 25 ming bosh yirik va 12,5 min bosh mayda qoramol import qilingan. 2019 yilning 8 oylik natijalariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkichlar mos ravishda 146 ming va 258 ming bosh qoramolni tashkil qilgan. Uchinchidan, bu yilning avgust oyi o‘rtalarida karantin cheklovlarining olib tashlanganidan so‘ng faoliyatini tiklagan ommaviy ovqatlanish korxonalarining go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabining oshishi. Aytib o‘tish joizki, yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda 1840 ming tonna (tirik vaznda) go‘sht ishlab chiqarilgan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘proq). Ushbu davr mobaynida 14 ming tonna mol go‘shti va 20 ming tonna tovuq go‘shti import qilingan. «Go‘sht mahsulotlari narxining o‘sishi nafaqat tashqi omillar, balki ichki bozorlardagi tartibga solinish mexanizmlarining samarasizligi tufayli yuzaga kelgan deyish mumkin. Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish darajasining kamtarona o‘sishiga qaramasdan, go‘sht mahsulotlarini yetkazib berishning yetarli darajasini ta’minlash uchun ozuqa bazasining rivojlanmaganligi bilan bog‘liq», — deyiladi bayonotda. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Fikr qoldiring