Sergeli tumanida imtiyozli narxlarda turar-joy xonadoni olib bermoqchi bo`lgan firibgar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro A.G. fuqaro N.N.ga o`zini Sergeli tumanidagi mahallalardan birining raisi sifatida tanishtirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tumandagi  kam ta`minlanganlar uchun qurilgan ko`p qavatli uylardan 3 ta xonadonni imtiyozli narxlarda olib berishni va`da qilib, evaziga 9 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring