Sergeli nega "yopildi"? Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani karantinga olingani haqidagi xabar rostmi?

Toshkent shahar hokimligi 28-may, payshanba kuni yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Sergelidagi yo‘lning bir qismi vaqtinchalik yopilganini ma’lum qildi. Bu haqida "Daryo.uz" nashri xabar bermoqda.

“Bugun kun davomida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Yangi Sergeli ko‘chasining Sergeli tuman hokimligidan Gavhar ko‘chasigacha (O‘zgarish ko‘prigi) bo‘lgan yo‘nalishdagi qismi yopiladi”, — deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Foto: Toshkent shahr hokimligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Sergeli tumanini Toshkent shahrining markazi bilan bog‘lovchi asosiy yo‘l — Yangi Sergeli ko‘chasi 27-may kuni soat 7:30 dan boshlab Toshkent halqa avtomobil yo‘li bilan kesishmadagi ko‘prik (Qo‘yliq ko‘prigi)dan boshlab yopilgan, biroq rasmiylar aholini bu haqda oldindan ogohlantirmagandi.

Mavzuga doir: Toshkentdagi Sayohat ko‘chasi ta’mirlash ishlari sababli bir oyga yopildi

Реклама на Unews

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarda xabar qoldirayotgan fuqarolar Sergeli tumaniga kirish uchun boshqa yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan. Yo‘lning yopilgan qismi oldida (O‘zgarish dahasida) katta tirbandliklar yuzaga kelgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring