Serbiya Turkiyadan bir necha yuz million yevroga Bayraktar dronlarini sotib oladi

Serbiya Turkiyadan bir necha yuz million yevroga Bayraktar uchuvchisiz uchoqlarini sotib oladi, dedi Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

“Bugun biz mudofaa vazirliklarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, harbiy hamkorlik, mudofaa sanoati sohasida hamkorlik qilish haqida gaplashdik. Aytmoqchiman va biz buni yashirmaymiz, Serbiya Bayraktar dronlarini sotib olishni rejalashtirmoqda. Ammo biz butun dunyo ularni sotib olishni xohlayotganini ko‘rmoqdamiz, shuning uchun biz navbatga o‘tirdik va kutamiz”, - deya Vuchich so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Dastlab kelishilgan bir necha o‘n million yevro o‘rniga Belgrad bir necha yuz million yevroga o‘tishga tayyor, dedi u.

Реклама на Unews

 

Shuningdek, u Serbiya va Turkiya desantchilarining qo‘shma mashg‘ulotlarini e’lon qildi.

Serbiya aprel oyida Turkiyadan dronlarni sotib olishni rejalashtirayotganini e’lon qilgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring