Senatining o`n birinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Unda qanday masalalar ko`riladi?

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xabariga ko`ra, 2021 yil 6 yanvar kuni Toshkent shahrida  Senatning o`n birinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Unda senatorlar, Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o`tkazilayotgan yalpi majlisni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bormoqda.

Parlament yuqori palatasining o`n birinchi yalpi majlisining kun tartibi senatorlar tomonidan tasdiqlandi. 

Реклама на Unews

Senat a`zolari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar to`g`risidagi, qolaversa, “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o`zgartishlar kiritish to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlarini hamda boshqa masalalarni muhokama qiladi.

Yalpi majlisda ko`rib chiqiladigan masalalarni Senatning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda “Uzreport” telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring