Senat raisi O'zbekistondagi odam savdosi haqida gapirdi...

O‘zbekistonda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning 43 foizi chaqaloqlar savdosiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda 17 iyun kuni Senat raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz», deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 2018 yilga nisbatan 22 foizga kamaygan, ammo chaqaloqlar savdosi 38 foizdan 43 foizga oshgan.

Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida 5 tadan, ToshkentQashqadaryoSurxondaryo viloyatlarida va Toshkent shahrida 4 tadan, SamarqandFarg‘onaNamanganAndijonNavoiy viloyatlarida 3 tadan chaqaloq savdosiga oid jinoyat sodir etilgan.

Реклама на Unews

2019 yilda bunday jinoyatlar 72 kishi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, ularning 62 nafari (86 foizi) ayollardir.

«Chaqaloqni sotish sabablari o‘rganilganda, 19 ta holatda oilaviy sharoitning og‘irligi, bolani boqishga imkon yo‘qligi, 3 ta holatda uy-joy olish, 9 ta holatda o‘z aybini yashirish va 10 ta holatda moddiy manfaat uchun bunga qo‘l urilgani ma’lum bo‘lmoqda», — dedi u.

Shuningdek, chaqaloqlar savdosida vositachilarning 32 foizi tibbiyot xodimlari ekanligini ta’kidladi.

Реклама на Unews

«Odam savdosida faqatgina ayollar yoki bir kishi aybdor emas. Unga sharoit yaratib berayotgan, shu narsaga undayotgan muhit ham borligi ma’lum. Bunday holat o‘zbek jamiyati uchun mutlaqo xos emas. Shuning uchun bu masalaga boshqacha yondashishimiz kerak», — dedi Senat rahbari.

Senator O‘zbekistonda avval ham odam savdosi holatlari bo‘lgani, biroq mavzu yopiqligi bois bu haqda ma’lum qilinmaganini ta’kidlab o‘tdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring