Senat koronavirus tufayli O‘zbekiston davlat byudjetiga o‘zgartish kiritilishini ma’qulladi

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi 2020 yil 11 may kuni soat 10.00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida videokonferensaloqa shaklida o‘z ishini boshladi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Senat tomonidan “Faxriy murabbiy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Ma’lum qilinishicha, “Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh iste’dod egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimiz taqdirlanadi.

Ma’qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

Реклама на Unews

Shuningdek, senatorlar tomonidan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi.

Qonunning qabul qilinishi koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda xarajatlarni optimallashtirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Ma’qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

Реклама на Unews

Yangi qonun bilan «propiska» bo‘yicha muhim yangiliklar kiritilmoqda

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi

"Sinov" uchun ochilgan Qanotchi "uzoqqa ucholmadi"... IIB Bayonot bilan chiqdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring