Sardobaliklarni toshqindan qutqarayotgan Milliy gvardiyaning yana bir xodimi kuchli oqim sabab oqib ketdi

Shuni qayg‘u bilan xabar qilamizki, joriy yilning 1 may kuni erta tongda Sirdaryo viloyati hududida joylashgan "Sardoba" suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan. Bu haqida " Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Natijada, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Suyarov Xusniddin Zokirovich tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan mardlik namunasini ko‘rsatib, o‘z xizmat burchiga so‘nggi nafasigacha sodiq qolgan serjant Suyarovning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Hozirda ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda, deyilmoqda rasmiylar.

Yulduz Usmonova Ichki ishlar xodimlaridan uzr so‘radi (video)

Madaniyat vazirligi IIV xodimlarini haqoratlagan Yulduz Usmonovaga dakki berdi

Реклама на Unews

Toshkentda karantin 2 kundan keyin tugashi haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring