Sardobadagi holatdan foydalanib qolishga uringan sirdaryolik erkakning jinoyati fosh bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan Sardoba suv toshqini natijasida aholining yo‘qolgan hujjatlarini tegishli idoralar tomonidan tiklab berilishi yoki yaroqsiz holga kelganlarini o‘rniga yangisini rasmiylashtirib berilishi yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Jumladan, bugungi kungacha 580 nafar fuqarolarning haydovchilik guvohnomalari va 51 nafar transport vositalarini qayd etish guvohnomalari tiklab, yangilab berildi.

Lekin, hukumatimiz tomonidan berilgan ushbu imtiyozlarni suiste’mol qilib, o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida ayrim fuqarolarimiz Sirdaryo viloyati IIB YHXB Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, suv toshqinida zarar ko‘rmagan bo‘lsada, shu mazmunda ariza bilan murojaat qilib, haydovchilik va transport vositalarini qayd etish guvohnomalarini yangilab olishga urinish holatlari kuzatilmoqda.

Реклама на Unews

Jumladan, joriy yilning 12 iyun kuni bo‘limga murojaat qilgan, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Mirzacho‘l MFY da yashovchi 1979 y.t. B.A.ning suv toshqinida yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangisini olish to‘g‘risidagi murojaati o‘rganib chiqilganda, fuqaro B.A. Oqoltin tumani Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining 2018 yil 19 mart kunidagi qaroriga asosan transport vositalarini haydash huquqidan 1 yilu 6 oy muddatga mahrum etilganligi aniqlandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring