Sardoba toshqinidan so‘ng cho‘kkan qabrlarda odam skeletlari chiqqanmi?

Xalqaro press-klubning Sardoba voqealariga bag‘ishlangan sessiyasida Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqarma boshlig‘i Komiljon Aripov ham ishtirok etdi.

FVV vakilining aytishicha, joriy yilning 1 may kuni signal tushishi bilan hamma harakat amalga oshirildi. Shu soatning o‘zida 1331 ta shaxsiy tarkib, 3560 ga yaqin texnika, 200 ga yaqin motopomba jalb etildi.

Suv bosgan hududlarda Mudofaa, Milliy gvardiya, Ichki ishlar bilan birgalikda 294 nafar aholi suv bosgan hududdan chiqarilgan. 9 ta dezinfeksiya guruhlari biriktirilgan. 

Реклама на Unews

DSENM va veterinariya xodimlari bilan birgalikda xavfli kasalliklar tarqatilishining oldini olish maqsadida 5 ta joyga nobud bo‘lgan uy hayvonlarini ko‘mish ishlari olib borilgan. Xlor sepilgan, beton qilinib, kasallik tarqamaslik choralari ko‘rildi. 

7 ta qabriston to‘liq o‘rganilgan. Cho‘kkan qabrlarda odamlar skeletlari chiqmagan, 85 ta qabr tiklangan. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring