Sardoba fojiasi: Qozog‘iston O‘zbekistonga rasmiy xat jo‘natdi

Qozog‘iston O‘zbekistondan gidrotexnika inshootlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishni so‘radi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi O‘zbekiston hukumatiga transchegaraviy suvlarda qurilgan gidrotexnik inshootlar haqida to‘liq ma’lumot berishni so‘rab rasmiy xat yubordi, deb xabar beradi "Total.kz".

Xalqaro shartnomalar me’yorlariga muvofiq, tomonlar transchegaraviy daryolarda gidrotexnik inshootlar qurilishi to‘g‘risida qo‘shni mamlakatni xabardor qilishi va muvofiqlashtirishi shart. Sardoba suv ombori esa O‘zbekiston tomonidan tasdiqlatilmasdan qurilgan.

Реклама на Unews

“Ko‘rsatilgan suv ombori qurilishi biz bilan kelishilmagan. Biz buni bir necha bor O‘zbekiston tomoniga ko‘rsatganmiz, ammo bu haqda faqat arzimas ma’lumotlarni oldik. Bugun biz nota tayyorladik, u Tashqi ishlar vazirligi orqali yuboriladi, unda siz bizning transchegaraviy suvlarimizda Sirdaryo havzasida qurilgan barcha ob’ektlarning to‘liq ro‘yxatini taqdim etishingizni so‘raymiz", dedi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirining o‘rinbosari Sergey Gromov.

Yulduz Usmonovaning hayoti xavf ostidami?

Farg‘onada o‘rnatilgan ichki karantin postlari faoliyati to‘xtatildi

Реклама на Unews

Rossiyada ko‘plab shifokorlar koronavirusni davolash uchun ishga chiqishdan bosh tortmoqda

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring