"Sanksiyalar Rossiyadan ko‘ra Yevropaga ko‘proq zarar keltirmoqda"

Sanksiyalar Rossiyaga qaraganda Yevropa ko‘proq azob chekmoqda. Bu haqda Vengriya Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama munosabatlar bo‘yicha davlat kotibi Tamash Menser ma’lum qildi.

“Sanksiyalar kiritilgan paytda, Bryussel ular Yevropaga qaraganda Rossiya uchun og‘irroq bo‘lishini aytgandi. Bu ham ro‘y bermadi. Gap , aytish joiz bo‘lsa, “azob-uqubat musobaqasi” boshlangani haqida boryapti”, - dedi u M1 telekanaliga bergan intervyusida.

Menser sanksiyalarning uzoq muddatli istiqbollari haqida gapirayotganlar siyosiy voqelik va hozirgi muammolar jiddiyligini qabul qilishmayotganliklarini ta’kidladi.

Реклама на Unews

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyatda sanksiya siyosati samaralimi yoki yo‘qligi ustida bosh qotirmoq zarur.

Avvalroq Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘plami haqidagi suhbatlarni bas qilishi kerakligi, bu Yevropadagi energetika inqirozini faqat kuchaytirishini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, G‘arb davlatlari Ukrainadagi maxsus operasiya fonida Rossiyaning neft va gaz eksportidan keladigan daromadlarini cheklash bo‘yicha turli urinishlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, uglevodorodlari yetkazib beruvchi zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQShda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keladi va bu jarayon allaqachon boshlangan.

Реклама на Unews

 

Vladimir Putin avvalroq Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb davlatlari uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring