⚡Sanjay va Sherali Jo`raev bahsi: Kim kimga jarima to`laydi?

Xabaringiz bor ijtimoiy tarmoqlarda Sanjay taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Djavberdiev Sanjar “Gulbadan”, “Atirgulim atringni soch”, “Karvon” nomli qo`shiq va she`rlarni mualliflarning roziligisiz, asar yaxlitligining buzgan holda ijro etgani sababli O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga ariza kelib tushgani haqida xabar tarqalgandi. 

Ma`lum bo`lishicha xonanda Djavberdiev Sanjar qo`shiq muallifi O`zbekiston halq artisti Sherali Jo`raev hamda she`rlar muallifi O`zbekiston xalq shoiri Usmon Azimovdan hech qanday rozilik olmasdan va ular bilan shartnoma tuzmasdan qo`shiq aslini o`zgartirgan holda ijro etib kelgan. 

Bu esa O`zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining O`zbekiston halq artisti Sherali Jo`raev va muallif Usmon Azimovning ishonchli vakili sifatida xonanda Djavberdiev Sanjarga “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonunni buzganligi uchun chora ko`rish yuzasidan ariza bilan murojaat qilishiga sabab bo`lgan. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonun 18-moddasiga ko`ra, asar (qo`shiq)ni omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o`ziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi ko`rsatilishiga biron-bir o`zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yo`l qo`yiladi. Ammo bizning holatimizda buning aksi bo`lgani tufayli qo`shiqlarga bo`lgan mualliflik huquqi jiddiy ravishda buzilgan. Natijada O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi 177(1)-moddasining birinchi qismida belgilangan asarlardan yoki turdosh huquqlar ob`ektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar ob`ektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish holatlari mavjud deb hisoblanib, unga nisbatan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishliligi bo`yicha sudga yuborildi.

Реклама на Unews

Afsuski har qanday ijod namunasi muallifning mashaqqatli mehnati orqali yaratilishi, uni hurmat qilmasdan va ruxsat so`ramasdan foydalanish esa huquqbuzarlik sanalishini e`tiborga olmaslik holati uchrab turadi. Hattoki rivojlangan davlatlarda mualliflik huquqini buzganlik katta jarimalar solinishi hattoki huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilish bilan jazolanadi.

Misol uchun, Rossiya Federasiyasining Orlovsk viloyati sudi tomonidan deputatlikka nomzodning tashviqot materiallarida qo`shiqchi va kompozitor A.Makarevichning “Bizning cho`qqilarga bo`lgan manzilimiz mashaqqatli...” matnidan ruxsatsiz foydalangani uchun jarimaga tortilgan. Yana bir misol AQShning hududiy Federal sudi tomonidan www.lyricsdownload.com hamda boshqa saytlar muassislaridan mualliflik qo`shig`i matnini ruxsatsiz saytda joylashtirganliklari uchun 6,6 million dollar undirgan. Bu kabi misollarni ko`plab keltirish mumkin. 

Maqsadimiz intellektual mulk mualliflari huquqini himoya qilish va muallif ijodidan ruxsat olib foydalanish lozimligini etkazishdir.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


3 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 04-08-2022 JikaWeept

    viagra canadian <a href="https://tabviagrleo.com/ ">generic viagra from india online</a> generic viagra online purchase in usa

    Javob yozish
  2. 03-08-2022 WrbhAnymn

    price for generic viagra <a href="https://sildenaflabc.com/ ">viagra online from utah</a> average price of viagra

    Javob yozish
  3. 29-11-2020 Хусниддин

    Шу кушикларинг билан кушмазор булларинг шайтони нарсаларгаям бир бирингни куромисан уле шукунингдан Санжай айтгандай гуринга олиб кетасанларми на узбга на четка брикиш йок бизда уша гапни исботи ундан кура узинга хидоят сура

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish