Sanjay Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘ini boshqa kuylamasligini, bu bo‘yicha ariza yozganini aytdi

Xonanda Sanjay O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning “Karvon” nomli qo‘shig‘ini boshqa kuylamasligini bildirdi.

Xonanda bu haqda TBLD loyihasi uchun bergan intervyusida to‘xtalib o‘tgan. Sanjay Karvon qo‘shig‘ini kaver talqinida kuylash g‘oyasi unda 15 yildan beri borligini aytdi. Dastlab u Sherali Jo‘rayev bilan duet kuylashni xohlaganini bildirdi.


“Menimcha u (Sherali Jo‘rayev – tahr.) haligacha bu haqda bilmaydi. Vaholangki men unga iltimosimni yetkazib qo‘yishni so‘ragandim. Yakunda iltimosim manzilga yetib bormadi”, – deydi Sanjay.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanjay Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li Zohirshox Jo‘rayevdan otasidan uning qo‘shig‘ini kuylashga ruxsat olib berishini so‘raganini aytgan edi. Sanjay tarmoqdagi sahifalari orqali u bilan yozishmasini ham oshkor qilgan edi.

Sanjay agar Sherali Jo‘rayev qo‘shiqni kuylashga qarshilik bildirganda "bu bo‘yicha muammo yuzaga kelmagan bo‘lar edi" degan. Shuningdek, intervyu davomida Sanjay bu qo‘shiqni boshqa kuylamasligini ta’kidladi.


“Men bu qo‘shiqni boshqa kuylamaslik bo‘yicha ariza yozdim”, – deydi Sanjay.


Xonanda Jo‘rayevlar oilasidan hafa emasligini, lekin qo‘shiq va klipni hech qayerdan o‘chirmasligini ma’lum qildi.
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring