Samarqanddagi markaziy ko`chalardan biri noma`lum muddatga yopildi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 maydagi “Samarqand shahrida 2019-2022 yillarda amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik ishlari to`g`risida”gi 415-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Samarqand shahridagi Bozorova (xalq tilida pivo zavod) ko`chasining Mirzo Ulug`bek ko`chasi kesishmasidan Navoiy shoh ko`chasi kesishmasigacha bo`lgan qismida rekonstruksiya va mukammal ta`mirlash ishlarini olib borish ko`zda tutilgan. Shu munosabat bilan Samarqand shahar hokimi farmoyish qabul qildi. Unga ko`ra, ertadan boshlab Bozorova ko`chasining qurilish ishlari olib boriladigan qismida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati xabar qildi. "Eslatib o`tamiz, ushbu ko`chada qurilish ishlari joriy yilning may oyi davomida to`liq olib borilishi va ko`cha zamonaviy qiyofaga kirishi rejalashtirilgan bo`lib, yog`ingarchilikning yuzaga kelishi ishlarning uzayishiga sabab bo`lishi mumkin", - deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring