Samarqandda YTH sodir etgan haydovchining og`zidan IIB xodimlari jamoatchilik yordamida 1000 so`mlik kupyuraga o`ralgan giyohvand moddani olishdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarida ichki ishlar xodimi fuqaroning og`zidan giyohvand vositasiga o`xshagan modda olganligi aks etgan video tarqаldi.

Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lumot berdi.

 Aniqlanishicha, joriy yilning 26 oktyabr kuni soat 15:00 da Qo`shrabot tumani, “Orom” to`yxonasi qarshisida haydovchi 20 yoshli R.T., boshqaruvida bo`lgan “Labo” rusumli avtomashinani qarama-qarshi yo`nalishga o`tib boshqarishi oqibatida qarama-qarshi yo`nalishdan unga qarab harakatlanayotgan 16 yoshli S.S.,ning boshqaruvida bo`lgan “Vaz-2101” rusumli avtomashina bilan to`qnashuv sodir qilgan.

Реклама на Unews

YTH natijasida hech bir kishi tan jarohati olmagan, avtomashinalar shikastlangan.

Hodisa sodir bo`lgan joyga etib borishgan IIB YXHB inspektorlarini ko`rib haydovchi R.T., og`iz bo`shlig`iga noma`lum modda solib, uni yutishga harakat qilgan vaqtida, jamoatchilik kuchi yordamida uning og`zidan 1000  so`mlik kupyuraga o`ralgan, “Spichki” yozuvi bor gugurt quti ichiga solingan, quruq holdagi, maydalangan, o`tkir hidli giyohvandlik vositasiga o`xshash modda olingan. Hamda cho`ntagida giyohvand modda iste`moli uchun moslashtirilgan, angishvona o`rnatilgan baklashka qopqog`i borligi aniqlanib, haydovchi R.T., tuman IIB ma`muriy binosiga olib kelinib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko`ra, R.T.,dan ashyoviy dalil tariqasida olingan bir dona “spichki” yozuvli gugurt qutichasiga solingan yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan holdagi o`simlik moddasi tarkibida giyohvand vositasi tarkibida  giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjudligi, bu modda “marixuana” giyohvandlik vositasi turiga kirishligi, sof og`irligi 0,47 grammga teng ekanligi, bir dona ko`k rangli elim qopqoq ichidan giyohvand modda-tetragidrokannabinol modda izlari topilganligi bayon qilingan.        

Реклама на Unews

Hozirda mazkur holat bo`yicha Qo`shrabot tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring