Samarqandda uy egasi o‘zi qazigan chuqurga tushib ketdi
2859 16-02-2021 0 O'zimizdaKuni kecha, tunda, Samarqand shahri B.Mirzo ko‘chasidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi fuqaro Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi navbatchilik qismiga uni chuqurlikdan chiqarib olishlarini so‘rab murojaat qilgan, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.
Leytenant N.Karimov boshchiligidagi qutqaruv guruhi zudlik bilan belgilangan manzilga yetib borib, besh daqiqa ichida uy egasini chuqurdan olib chiqdilar.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro R.S tunda hovlida yurgan vaqtida bir kun oldin o‘zi qazib qo‘ygan chuqurlikka tushib ketgan. Uy egasi jiddiy jarohatlar olmagan.
Реклама на Unews
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.