Samarqandda so‘nggi ikki yilda 26 milliard so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan

Samarqand viloyatida ikki yilda 26 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Ushbu qilmishlar uchun 246 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan hamda 2 249 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilganligi ma’lum bo‘ldi.

Viloyat prokurori Ravshan Masharipov «Daryo»ga ma’lum qilishiga ko‘ra, Samarqandda so‘nggi ikki yilda 26 milliard so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan va ushbu qilmishlar uchun 246 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan hamda 2 249 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasining Toyloq tuman bo‘limi mansabdor shaxslari noqonuniy ravishda 10 holatda 111 mln so‘mlik pensiya mablag‘larini plastik kartaga o‘tkazib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Xabarda aytilishicha, viloyat Milliy bankida ishlagan A.B. bank omonatchilarining hisob raqamidan jami 90 holatda 7,7 mlrd so‘m, 607 ming dollar va 1461 yevro omonat mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Реклама на Unews

«Ipoteka bank» Ko‘ksaroy filiali «Juma» mini-banki mudiri Ch.Ch. bankning boshqa mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirib, davlat dasturi asosida baliqchilik va tadbirkorlik uchun ajratilgan 6 mlrd 995 mln so‘mlik kredit mablag‘larini talon-toroj qilganligi aytildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring