Samarqandda koronavirusga chalingan maktab direktori vafot etdi

Samarqandda koronavirusga chalingan maktab direktori vafot etdi. Bu haqda Pastdarg‘om tumani hokimligi xabar berdideb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Tashkilotchi rahbar, talabchan ustoz, keyingi yillarda 55-maktab pedagogik jamoasiga bir necha yildan buyon boshchilik qilib kelgan Zulayho Mo‘minova qariyb bir oy  koronavirus infeksiyasidan davolanishiga qaramay yorug‘ olamdan bevaqt ko‘z yumdi. Bugun so‘nggi yo‘lga kuzatilgan bu insonning hayoti va faoliyati yana bir bor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi.

Z.Mo‘minova 1971 yilda Charxin shaharchasida tavallud topdi. Hududdagi 53-maktabda, so‘ngra SamDU ning boshlang‘ich ta’lim bo‘limida tahsil oldi. Oliy ma’lumotli mutaxassis sifatida o‘zi o‘qigan maktabda yoshlar yetakchisi, o‘qituvchi, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifalarida ishlab, toblandi. 2006 yildan 52-maktab direktori vazifasiga tayinlandi. Shu davrda talabchan, qat’iyatli, bilimdon muallima munosib shogirdlar tayyorlash bilan birga, bilim dargohining yangi binosi qurilishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.

Реклама на Unews

2011 yildan 55-umumiy o‘rta ta’limi maktabi rahbarligiga tayinlangan Z. Mo‘minovaning xizmatlari ota-onalar, pedagogik jamoada doimo e’tirof etilib kelindi. Ayni u kishi rahbarlik qilgan kezlarda maktabning bir qancha o‘quvchilari viloyat, respublika fan olimpiadalarida sovrindorlar safidan joy olishdi. Joriy yil boshida esa bilim dargohi sportchilaridan biri jahon chempioni darajasiga erishdi.

Fidoyi inson, ustoz-muallima Zulayho Mo‘minovaning yorqin xotirasi do‘stlari, yaqinlari, ko‘plab pedagoglar qalbida saqlanib qoladi.

SH.Xudayberdiyev, E.Berdiyev, E.Parmonov, F.Islomova, B.Shukurov.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring