Samarqandda kiyimsiz erkak yo‘l o‘rtasida "Kaptiva"ning yo‘lini to‘sdi. Nega? (FOTO)

Joriy yilning 21 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda "Samarqandda kiyimsiz erkak yo‘l o‘rtasida "Kaptiva"ni yo‘lini to‘sib, unga yo‘l bermay turibti" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Video lavhada kiyimsiz erkak yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tgan holda, jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzib, yo‘lda harakatlanayotgan transport vositalarining erkin harakatiga xalaqit berganligi holati aks etgan.

Samarqandda kiyimsiz erkak yo‘l o‘rtasida "Kaptiva"ning yo‘lini to‘sdi. Nega? (FOTO)

Реклама на Unews

Samarqandda kiyimsiz erkak yo‘l o‘rtasida "Kaptiva"ning yo‘lini to‘sdi. Nega? (FOTO)

Ijtimoiy tarmoq

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, olib borilgan surishtiruvlar natijasida ushbu huquqbuzarlikni Samarqand tumani, Mironqul MFYda yashovchi 25 yoshli S.B., spirtli ichimlik ta’sirida sodir qilganligi aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va to‘plangan hujjatlar yakuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand tumani Ma’muriy sudiga yuborilgan.

Реклама на Unews

Samarqandda kiyimsiz erkak yo‘l o‘rtasida "Kaptiva"ning yo‘lini to‘sdi. Nega? (FOTO)

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, qoidalarni chetlab o‘tib o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring