BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Samarqand viloyatining ikkita tumanida er sotish bilan bog`liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro J.M. tanishiga qarashli “R.” fermer xo`jaligining 15 sotix er maydonini fuqaro K.ga ajratib berish evaziga firibgarlik yo`li bilan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Bulung`ur tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.M. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, unga “M.” fermer xo`jaligiga qarashli er maydonidan 25 sotixini 35 mln so`m evaziga tanishlari orqali olib berishga va`da berib, oldindan 10 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari  bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bu yil birinchi sinfga qabul qay tartibda bo`ladi? 2020/2021 o`quv yili ham oxirlab qolmoqda. Bugungi kundagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda aksariyat maktablar onlayn ta`lim shaklini tanlamoqda. Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ko`pchilik ota-onalarda bu yil birinchi sinfga qabul qay tartibda tashkillashtiriladi, degan savol paydo bo`lmoqda. Ushbu savolga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida umumta`lim maktablarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarining joriy etilganlik holatlari yuzasidan bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Xalq ta`limi vazirining o`rinbosari Rustam Karimjonov javob berdi.  – Ma`lumki, 2020-2021 o`quv yilida Toshkent shahridagi umumta`lim maktablari uchun birinchi sinfga qabul jarayoni onlayn tarzda bo`lib o`tgan edi, – dedi R.Karimjonov. – Natijada poytaxtimizda 45 mingga yaqin o`quvchi onlayn navbatga turib, maktabga bormasdan birinchi sinfga qabul qilindi. Bu tizim pandemiya sharoitida yaxshi samara berdi. Bu yil ushbu tajribani respublikamizning markaziy maktablarida to`liq onlayn qabul jarayonini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Bunda ota-ona maktabga bormay, o`z uyida turgan holatda maktabga hujjat topshirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Vazir o`rinbosarining qo`shimcha qilishicha, bu birinchi navbatda, korrupsiyaning oldini oladi, shaffoflikni ta`minlaydi. Bundan tashqari, ushbu portalda o`z hududida joylashgan maktablar to`g`risida ma`lumotlar olish, bog`lanish va hujjat topshirish imkoniyati mavjud. Bu ota-onalar uchun vaqtini tejashda ham juda qo`l keladi. Bu kabi yaratilayotgan loyihalar ota-onalarga engillik berish, xavfsizlik yuzasidan bir qator imkoniyatlarni yaratadi.

Fikr qoldiring