Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi dovon yopildi

O‘zbekistonda ob-havoning keskin sovib ketishi bir qancha noqulay vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda. Avvalroq mamlakatimizda kuzatilgan qor bo‘roni va uning talofatlari haqida yozgan edik, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun ko‘p miqdorda qor yog‘ganligi uchun “Taxtaqoracha” dovoni butunlay yopilgan va transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Ta’kidlash joiz, mazkur dovon Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi yo‘llardan biridir. Ayni vaqtda u yerda maxsus texnikalar yo‘lni qorlardan tozalamoqda.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring