Samarqand shahridagi ko`p qavatli uylarning birida yong`in sodir bo`ldi

Bugun, 6 sentyabr kuni soat 13:36da Samarqand shahar “Sartepo” dahasidagi 1-sonli ko`p kvartirali uyning 70-xonadonida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida viloyat FVBga xabar kelib tushdi. Bu haqda FVV ma`lum qildi.

Voqea joyiga FVVning 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 13:46da etib borib, yong`in soat 14:25da o`rab olingan va soat 14:41da to`liq bartaraf etilgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong`in qo`shni xonadonlarga tarqalib ketishi oldi olingan.

Yong`in  natijasida xonadonning  35 kv.metr maydoni zararlangan.

Реклама на Unews

Ma`lum qilinishicha, hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo`lganlar yo`q, hozirda yong`in sababi aniqlanmoqda

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring