Samarqand shahrida 92 nafar o’quvchi maktabni oltin medal bilan tamomladi

 Viloyat Yoshlar markazida Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining iqtidorli maktab bitiruvchilari taqdirlandi, deb yozmoqda "zarnews.uz" nashri.
Zoom orqali bo‘lib o‘tgan tadbirda Samarqand shahar hokimi B.Obloqulov ishtirok etib, bitiruvchilarni qutladi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limi tasarrufida 79 ta umumiy o‘rta ta'lim va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda Samarqand davlat universiteti huzuridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatmoqda.
2019-2020 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 9-sinfini 6 285 nafar, 11-sinfini 6 248 nafar o‘quvchi tamomladi.

9-sinf bitiruvchilarining 260 nafari a'lo darajadagi shahodatnoma oladi, 11-sinf bitiruvchilaridan 20 nafari kumush va 92 nafari oltin medalga munosib, deb topilgan.
Shuningdek, turli yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan 10 nafar o‘g‘il-qizlar oliy ta'lim muassasalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda imtiyozli asosda kirish huquqiga ega bo‘lgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring