Samaradagi 350 nafardan ortiq o‘zbekistonlik Qozog‘iston orqali ortga qaytayotgani ma’lum qilindi

Rossiya—Qozog‘iston chegarasi yopilishi oqibatida Rossiyaning Samara viloyatida to‘plangan 350 nafardan ziyod o‘zbekistonlik 6 iyunda vataniga jo‘natildi. Bu haqda hudud ma’muriyati matbuot xizmatiga asoslanib, «RIA-Novosti» xabar berdi,  deb yozmoqda  "Zamin.uz" nashri.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida Orenburg va Samara viloyatlarida koronavirus pandemiyasi sabab 300 nafarga yaqin o‘zbekistonlikning qolib ketgani ma’lum qilingandi.

«6 iyun kuni O‘zbekistonning 367 nafar fuqarosi Samara viloyati hududidan chiqib ketdi. Ular Qozog‘iston bilan chegaradagi ‘Mashtakovo‘ chegara o‘tkazish punktida (Orenburg) chegarani kesib o‘tdi», — deyiladi agentlik xabarida.
Xabarga ko‘ra, Qozog‘iston hududida o‘zbekistonliklarni maxsus avtobuslar karvoni kutib olgan.

Eslatib o‘tazmiz, may oyida Rossiya hamda Qozog‘iston hukumatlari diplomatik vakolatxonalar tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat bo‘yicha 280 nafar o‘zbekistonlikni yerusti transporti bilan Rossiya hududidan olib chiqishga ruxsat bergandi.

2020 yil 13 mayda Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llagani, ertasi kuni esa O‘zbekiston TIVning chegarada to‘plangan yuzlab o‘zbekistonliklardan Respublika maxsus komissiyasi qarorini kutishni so‘ragani xabar qilingan. Keyinchalik Rossiyaning Samara viloyatida O‘zbekistonga qaytish uchun chegaralarning ochilishini kutayotgan o‘zbekistonliklar orasida koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ular uchun lager-observator tashkillashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

25 mayda Samarada yana yuzlab o‘zbekistonliklar to‘plandi va O‘zbekiston TIV vaziyatga munosabat bildirib, Rossiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya—Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish nuqtalariga borishga urinmaslikni, yashash joylarida qolishni va karantin choralariga qat’iy amal qilishni so‘radi.

29 mayda vazirlikning o‘zbekistonliklarni Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tishda turli shaxslarga murojaat qilmaslikka chaqirgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring