Saida Mirziyoevani hayratga solgan topilma

Respublika bolalar kutubxonasini rekonstruksiya qilish va ta`mirlash jarayonida g`ishtin devorlarning ortidan ajoyib ustunlar topildi. Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lum qildi.

Bir necha oy avval biz Respublika bolalar kutubxonasini rekonstruksiya qilish va ta`mirlash bo`yicha loyihani boshlagan edik.

Rekonstruksiya mobaynida g`ishtin devorlarning ortida ajoyib ustunlarning go`zalligini ko`rib qanchalik hayratda qolganimizni tasavvur qilavering. XIX asrda ular bino asl ko`rinishining bir qismi bo`lgan.

Реклама на Unews

Bizga noma`lum sabablarga ko`ra, 90-yillarning boshlarida ustunlar butunlay devor bilan o`ralgan bo`lib, ularning o`rnida oddiy devor yaralgan va ustunlar bino rejasidan o`chirilgan.

Hozirda ustunlar rekonstruksiyasi bo`yicha faol harakatlar boshlandi.

Реклама на Unews

Ushbu kichik, ammo bizni ajablantirgan topilma bilan bo`lishishni istadim. Bularning barchasi mamlakatimiz madaniy merosini asrab qolish istagida tashabbus ko`rsatayotgan fuqarolarimizning qo`llab-quvvatlashi va befarq emasligi natijasida amalga oshmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring