Sahnada fonogrammada qo‘shiq aytishni taqiqlashmoqchi

Qozog‘iston Madaniyat va sport vaziri Aqtoti Raimqulova fonogrammada qo‘shiq aytishni taqiqlash to‘g‘risidagi tashabbusga izoh berdi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

"Darhaqiqat, so‘nggi yillarda jamiyatimizda mahalliy estrada musiqasi bilan bog‘liq ko‘plab savollar tug‘ilmoqda. Eng dolzarb muammolardan biri bu fonogrammadan foydalanishdir. Fonogrammani tanqid qiladiganlar ko‘p. Ijtimoiy tarmoqlarda bunday tanqidlarni juda ko‘p ko‘rmoqdamiz.

Shuning uchun, ushbu masalani hal qilish uchun Madaniyat va sport ishlari vazirligi «Qozog‘iston Respublikasi madaniyati to‘g‘risida«gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni ishlab chiqib, uni parlamentga taqdim etdi", -dedi Aqtoti Raimqulova.

Реклама на Unews

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasining hukumat versiyasida "fonogrammadan foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi (televiziya va radiodan tashqari hamma joyda ogohlantirishsiz undan foydalanishni taqiqlash) qoida ham mavjud.

"Har bir qonun loyihasi tegishli davlat idoralari va "Atameken" milliy tadbirkorlar palatasi tomonidan ma’qullanishi lozim bo‘ladi. Biz qonun loyihasi orqali fonogrammadan foydalanishni qat’iy tartibga solib, undan foydalaniladigan bo‘lsa, oldindan tinglovchilarni xabardor qilish tartibini taklif etmoqdamiz.

Biz iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishimiz kerak. Tinglovchilarni oldindan xabardor qilish kerak. Odamlar jonli qo‘shiq yoki fonogrammani tinglashni o‘z xohishi bilan hal qilishi lozim", - dedi u.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring