Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi turli da’vatlarga ergashmaslikka chaqirdi

Internetda chet el fuqarolari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mehnat migrantlarining Rossiya Federatsiyasida harbiy xizmatga majburiy chaqirilishi haqidagi mish-mishlar tarqatilmoqda. 

Ushbu xabarlarga Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi munosabat bildirdi.

«Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Rossiya Federatsiyasi IIVning soxta buyrug‘iga tayanib, Rossiyada vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari qisman safarbar qilinishi, agar shartnoma tuzishdan bosh tortsa, go‘yoki ularning ishlashga ruxsatnomalari bekor qilinishi va deportatsiya qilinishi haqidagi noto‘g‘ri xabarlar tarqatilmoqda.

Реклама на Unews

Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini turli da’vatlarga ergashmaslikka, faqat rasmiy ma’lumotlarga e’tibor qaratishga chaqiramiz», deyiladi elchixona xabarida.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring