Rossiyaning Astraxan viloyati 2021 yilda O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini qabul qilmoqchi

Rossiyaning Astraxan viloyati qishloq xo‘jaligi vaziri va O‘zbekiston vakillari videokonferensiya shaklida o‘tgan uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda «Astraxan» yangiliklar portali xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, Astraxan viloyatida qonuniy ishlayotgan mehnat migrantlari soni bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston vakillari Astraxan viloyati mamlakatning eng muhim hamkori ekanligini ta’kidladi va mazkur viloyat bilan kelgusida hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilayotganini bildirdi.

Astraxan qishloq xo‘jaligi vazirining so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda viloyat qishloq xo‘jaligi ishlariga 10 ming mehnat migrantini qabul qilishga tayyor. Shuningdek, qurilish va baliqni qayta ishlash sohalariga ham ishchilarga talab mavjud.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma rejani belgilab olishga kelishdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi qurilish ishlarida ishlash uchun 249 nafar O‘zbekiston fuqarosi 12 noyabr kuni Irkutsk va Amurga jo‘nab ketgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring