Rossiyaning Alfa-Banki Qozog‘iston bozoridan ketmoqda

"Alfa-Bank Qozog‘iston" bankni sotish bo‘yicha qator investorlar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Bankning boshqaruvchi direktori Andrey Timchenko mavjud vaziyatni yaxshilash va barqarorlashtirish uchun bank qanday choralar ko‘rayotgani haqida rasmiy bayonot bergan.

A.Timchenkoning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bankni sotish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. O‘ndan ortiq sarmoyador bank hujjatlari va ko‘chirmalarini o‘rganmoqda va yaqin kunlarda bitim yakunlanishi mumkin.

Реклама на Unews

 

O‘tgan yil oxiriga kelib "Alfa-Bank Qozog‘iston" vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurib, Markaziy bankda rasmiylar bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda Alfa-Bank O‘zR Markaziy bankidan bank, to‘lov tizimi yoki mikrokredit tashkilotini ochish masalalari bo‘yicha maslahatlar olgan.

Rossiyaning eng yirik xususiy banki hamda aktivlari bo‘yicha to‘rtinchi o‘rindagi yirik banki bo‘lgan Alfa-Bank nomi 6 aprel kuni e’lon qilingan AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga qo‘shilgan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring