Rossiyaliklarning katta qismi "Putin konstitutsiyasi" ni qo‘llab-quvvatlaydi

Rossiya Markaziy Saylov Komissiyasi Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ovoz berish protokollarini ko‘rib chiqishni yakunladi. Mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar 77.92% rossiyaliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, qarshilar 21.27%. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jami saylovchilarning ishtiroki 65% tashkil etgan, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri. 

Nenets avtonom okrugi saylovchilarning aksariyati konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarga qarshi ovoz bergan yagona mintaqa (54%) bo‘ldi. Tuzatishlarni qo‘llab-quvvatlashning eng yuqori darajasi Checheniston (98%) va Tuva viloyatlarida (97%) qayd etildi. Moskvada saylovchilarning 66,1 foizi o‘zgartirishlarni qo‘llab-quvvatlagan, 32,9% qarshi.

Eslatib o‘tamiz Rossiya konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bilan mamlakatning amaldagi prezidenti Vladimir Putinning avvalgi saylangan muddatlari "nollashtiriladi" va janob Putin yana ikki bor o‘z nomzodini Rossiya prezidentligiga ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi. Rossiyalik ayrim jamoat arboblari, jumladan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Putinni  umrbod prezident qilish taklifini bildirdi. Qodirovning o‘zi ham buning mutlaqo tarafdori ekanligini aytib o‘tdi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring